TOSHKENT, 6 yanv - Sputnik. Bugun tong soat 08:10 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Otchopar” MFYda joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda FVV matbuot xizmati.
Chaqnash oqibatida kuchli portlash sodir boʻlgan va uyning devorlari qulagan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin-qutqaruv guruhi, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Vayron boʻlgan uy ichidan ikki nafar fuqaro jasadi olib chiqilgan.
Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va Prokuratura xodimlari yetib kelib mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borishmoqda, deyilgan xabarda.