TOSHKENT, 6 yanv - Sputnik. Bugun soat 14larda, Chilonzor tumani, Beshyogʻoch va Furqat koʻchalari kesishgan chorrahasida Nexia avtomoboil yonib ketdi deb xabar qilmoqda YHXBB matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga koʻra, yongʻin avtomobilning signalizatsiyasida tizimida sodir boʻlgan qisqa tutashuv tufayli yuzaga kelgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Avtomobilning saloni va tomi eshiklari yongʻindan zararlangan.
Mazkur hodisa yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.