09:47 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Hodisalar
Havola olish
327 0 0

3-6 qavatlari 11 ta xonadondan iborat boʻlgan binoning 240 kv.m. iborat boʻlgan 7 ta xonadoni qulab tushgan. Voqea natijasida jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Jizzax shahrining Mustaqillik koʻchasida qurilayotgan koʻp qavatli uyning bir qismi 10 yanvar kuni soat taxminan 17:15 da qulab tushdi.

Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining birlamchi maʼlumotlariga koʻra, foydalanishga topshirilmagan mazkur bino 6 qavatli boʻlib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati yashash uchun turarjoy, pastki 2 qavati noturarjoy, yaʼni doʻkon sifatida qurilayotgan boʻlgan.

Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, 3-6 qavatlari 11 ta xonadondan iborat boʻlgan binoning 240 kv.m. iborat boʻlgan 7 ta xonadoni qulab tushgan.

FVV va Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, voqea natijasida jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq. Shunday boʻlishiga qaramasdan, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Binoning qulash sabablarini aniqlash borasida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan binoning qulab tushishi sabablarini oʻrganish boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzildi. Unga bosh vazir birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov rahbarlik qiladi.

Komissiya tarkibiga Prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va boshqa vazirliklar, idoralar, ekspertlar hamda loyiha tashkilotlari kiritilgan.

Ushbu Hukumat komissiyasi zimmasiga, 6-qavatli  uyning qulab tushish sabablari, bunga omil boʻlgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilganligi, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish boʻyicha amaldagi normativ-meʼyoriy huquqiy hujjatlarni oʻrganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.

Hukumat komissiyasi kechaning oʻzidan oʻz ishini boshlagan.

Teglar:
Jizzaxda yangi qurilayotgan koʻp qavatli uyning qulashi, bino qulashi, Jizzax

Asosiy mavzular