Moliya vazirligi: 2020-yilda 246 milliard so‘m budjet pullari talon-taroj qilingan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Budjet mablag‘larini talon-taroj qilish bir yil davomida 1,7 baravarga o‘sgan. O‘tgan yili vazirliklardan 246 milliard so‘m “yo‘qolib qolgan”.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Moliya vazirligi 2020-yilda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari bu borada 4 729 ta (2019 yilda 8 074 ta) nazorat tadbirlarini o‘tkazgan.  
Unda 246 mlrd (2019 yilda 142,6 mlrd so‘m ) so‘m miqdorida budjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 168,8 mlrd so‘mni budjetga tiklanishi ta’minlandi. 
Qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar eng ko‘p Xalq ta’limi vazirligi tizimida kuzatilgan. O‘tkazilgan 709 ta nazorat tadbirlarining 573 tasida 96,6 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilga nisbatan 3,2 martaga oshgan.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 723 ta nazorat tadbirlarining 523 tasida 40 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilga (13,8 mlrd so‘m) nisbatan 2,9 martaga oshgan.
V Kashkadarinskoy oblasti neizvestnie poxitili 806 metrov nedeystvuyushego gazovogo truboprovoda - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekneftgaz" mas’ul xodimlari 297,8 mln so‘mlik quvur va metallarni talon-taroj qilishdi
Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 327 ta nazorat tadbirlarining 270 tasida 16,7 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilga (8,3 mlrd so‘m) nisbatan 2-martaga oshgan.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 124 ta nazorat tadbirlarining 106 tasida 9,4 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilga (1,1 mlrd so‘m) nisbatan 8,5 martaga oshgan.
Bundan tashqari, Madaniyat (6,8 mlrd so‘m), Suv xo‘jaligi (5,6 mlrd so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi (5 mlrd so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (4,1 mlrd so‘m), Qishloq xo‘jaligi (3,1 mlrd so‘m) vazirliklari va ular tizimidagi budjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
“O‘zbekkino” milliy agentligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 17,9 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0