12:58 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Hodisalar
Havola olish
504 0 0

Oʻzbekistonda 2020 yilda jami 1723 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular davlat va jamiyat manfaatlariga 500,1 mlrd. soʻm moddiy zarar yetkazgan.

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. 2020 yil davomida respublika boʻyicha jami 1148 ta jinoyat ishi boʻyicha 1723 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura maʼlum qildi.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 9 nafari respublika, 45 nafari viloyat va 1669 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.

Mansabdor shaxslar jinoyatchili tahlili
Bosh prokuratura matbuot xizmati
Mansabdor shaxslar jinoyatchili tahlili

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 835 nafari oʻzganing mulkini oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish, 227 nafari firibgarlik, 132 nafari pora olish (berish) va pora olish-berishda vositachilik qilish, 58 nafari mansab mavqeini suiisteʼmol qilish, 31 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 25 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 16 nafari mansab soxtakorligi va  399  nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.

Mansabdor shaxslar jinoyatchili tahlili
Bosh prokuratura matbuot xizmati
Mansabdor shaxslar jinoyatchili tahlili

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 500,1 mlrd. soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Tergov jarayonida ushbu zararning 355,7 mlrd. soʻmi undirilgan.

Asosiy mavzular