12:53 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Hodisalar
Havola olish
533 0 0

Mast ota oʻz aybini yashirish, javobgarlikdan boʻyin tovlash maqsadida 4-sinfda oʻqiydigan farzandini mashina ruliga oʻtqazgan.

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida oʻtkazilgan reyd davomida YHXBB xodimlari “Matiz” avtomobili boshqaruvi 10 yoshli bolakayda ekaniga guvoh boʻlishdi.

Bolaning soʻzlariga koʻra, u mashina boshqaruvini mast otasining koʻrsatmasiga binoan qoʻlga olgan.

“Spirtli ichimli taʼsiri ostida boʻlgan ota oʻz aybini yashirish, javobgarlikdan boʻyin tovlash maqsadida 4-sinfda oʻqiydigan farzandidan qalqon sifatida foydalanganiga nima deysiz?”, - deyiladi YHXBB tayyorlagan lavhada.

Ushbu fuqaroga nisbatan tegishli chora koʻrilgan.

Asosiy mavzular