TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanida avtobus urib yuborgan ayol halok boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yoʻl-transport hodisasi 19 yanvar kuni taxminan soat 09.15 larda Baynalminal koʻchasida roʻy bergan. “Midibus SAZ/NP-37” rusumli mikroavtobus haydovchisi 36 yoshli A.X. tartibga solinmagan piyodalar oʻtish yoʻlagidan oʻtayotgan 57 yoshli M.T.ni urib yuborgan.
Natijada tan jarohatlari olgan piyoda hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.