03:36 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Hodisalar
Havola olish
186 0 0

Aniqlik kiritilishicha, vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika ishlarini olib borayotgan xizmat koʻrsatish xodimlari boʻlgan.

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Yangi-Angren issiqlik elektr stantsiyasining profilaktika choralarini koʻrish uchun toʻxtatilgan 5-energiya blokida chang-koʻmirli havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.

Rejali xizmat koʻrsatish paytida sodir boʻlgan hodisa natijasida uch kishi olingan jarohat sababli vafot etgan, yana uch kishi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan.

Aniqlik kiritilishicha, vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika ishlarini olib borayotgan xizmat koʻrsatish xodimlari boʻlgan.

FVVning kuch va vositalari voqea joyida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Chaqnashning kelib chiqish sabablari boʻyicha surishtiruv ishlari boshlangan.

Hodisa natijasida Yangi-Angren issiqlik elektr stantsiyasining infratuzilmasi va texnologik uskunalariga shikast yetmagan.

Teglar:
portlash, Yangi-Angren IES

Asosiy mavzular