03:40 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Hodisalar
Havola olish
274 0 0

Yovuz niyatli kimsa qurilish ketayotgan joylardan konteynerlarni yuk mashinalarida oʻgʻirlab, keyinchalik ularni boshqalarga pullab kelgan

TOSHKENT, 21 yanv - Sputnik. Jizzax viloyatida qurilish ketayotgan hududlardan konteynerlarni oʻgʻirlab, boshqalarga sotish "biznesini" yoʻlga qoʻygan shaxs fosh qilindi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, 2021 yilning 9 yanvar kuni 25 yoshli Bekmurod Sharof Rashidov tumani "Oltinsoy" mahallasi hududidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻli boʻyida qurilish ishlari olib borilayotgan inshoot oldida turgan konteynerni Kamaz rusumli yuk mashinasiga ortib hodisa joyidan yashiringan.

Dastlabki tergov jarayonida, Bekmurod konteynerni boshqa bir fuqaroga 4 mln. 900 ming soʻmga sotib yuborganligi aniqlangan. Konteyner sotib olgan xaridordan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, Bekmurod jinoiy xatti-harakatlarini davom ettirib, 12 yanvar kuni tunda Sharof Rashidov tumani "Tuyoqli" mahallasi hududidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻli boʻyida olib borilayotgan, bino qurilishiga oid boʻlgan inshoot oldida turgan konteynerni, ZIL rusumli yuk mashinasiga ortib, oʻgʻirlab ketayotgan vaqtda "Sangzor-15" blok postida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bekmurod B.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Bekmurod B., jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular