TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. 20 yanvar kuni portlash sodir boʻlgan Yangi-Angren IES tsex rahbari Toshkent viloyatida, uyida oʻz joniga qasd qildi. Eslatib oʻtamiz, IESdagi favqulodda holat tufayli uch ishchi halok boʻlgan va bir nechtasi jabrlangan edi.
Tsex rahbarining suiʼqasd sodir etgani haqidagi xabarni Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Energetika vazirligi matbuot-xizmati tasdiqladi.
Sal avval tergov tadbirlari davomida yuz bergan voqea fakti yuzasidan IES tsex rahbari ham surishtiruv ishlariga jalb etilgani, u tergovga chaqirtirilgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 20 yanvar Yangi-Angren IES qozon agregatida koʻmir-kukuni havo aralashmasining chaqnashi natijasida “Vostokenergoteploizolyatsiya” AJning 3 nafar xodimi olingan jarohatlar natijasida vafot etgan.
Ularning oila aʼzolariga dafn marosimini oʻtkazish uchun 20-21 yanvar kunlari 4 million 866 ming soʻmdan birinchi moddiy yordam koʻrsatilgan.
Shuningdek, 22 yanvar kuni Yangi-Angren IES tomonidan vafot etganlarning oila aʼzolariga qoʻshimcha ravishda 105 million soʻmdan moddiy yordam koʻrsatildi.