16:08 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Hodisalar
Havola olish
92 0 0

Toshkent tumanida “M.G.” MCHJ rahbari oʻzboshimchalik bilan gaz quvuriga noqonuniy ulangan va 1 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan. Romitanda esa tadbirkor “Hududgaztaʼminot” AJga 1,7 mlrd soʻm zarar yetkazgan.

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent va Romitan tumanlarida tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman boʻlimi tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda “M.G.” MCHJ rahbari M.M. jamiyatga qarashli issiqxonaning tabiiy gaz quvuri 2020 yilning oktyabr oyida gaz taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnomaga asosan tamgʻalangan boʻlsada, tamgʻani buzib, oʻzboshimchalik bilan gaz quvuriga noqonuniy ulangani aniqlangan. Gazdan noqonuniy foydalanganlik sabab 1 mlrd soʻm zarar yetkazilgan.

Xuddi shunday holat Romitan tumanida ham aniqlangan. Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.M. “M.” fermer xoʻjaligiga qarashli dala shiyponida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin tsex tashkil qilib, yuqori bosimli gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. U “Hududgaztaʼminot” AJ manfaatlariga 1,7 mlrd soʻm zarar yetkazgan.

Hisob kitoblarga koʻra, noqonuniy ravishda foydalanilgan tabiiy gaz kuz- qish mavsumida hududdagi 110 tadan 200 tagacha xonadonni uzluksiz gaz bilan taʼminlashga yetishi maʼlum boʻlgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 1852-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Hozir tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, gaz

Asosiy mavzular