11:27 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
136 0 0

Sobiq rahbar va uning sheriklari 2019 yilda shaharda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarida smetada nazarda tutilgan ishlarni toʻliq bajarmay, 638,3 mln soʻmni “yeb ketgan”.

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent viloyati Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbarining talon-torojliklari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar boʻlimi tergovga qadar tekshiruv oʻtkazgan. Unda Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbari A.I., “A.S.” MCHJ rahbari X.I., “J.T.” MCHJ rahbari J.A. va boshqalar obodonlashtirish uchun byudjetdan ajratilgan 638,3 mln soʻmni talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Ular 2019 yilda shaharda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarida smetada nazarda tutilgan ishlarni toʻliq bajarmagan.

Oʻtgan yili Oʻzbekistonda mansabdorlar eng koʻp qaysi jinoyatga qoʻl urdi

Mazkur holat yuzasidan A.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, jinoyat, talon-tarojlik, Angren shahri

Asosiy mavzular