10:34 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
355 0 0

Jinoiy guruh “Yallama” chegara-bojxona postida faoliyat yuritgan. Tintuv vaqtida 410 ming dollar, turli koʻrinishdagi 21 dona soxta muhr va shtamplar, kompyuter texnikalari olingan.

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. “Yallama” chegara-bojxona postida tovlamachilik yoʻli bilan pul undirib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qilmoqda.

Agentlik, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazgan. Unda Xitoy davlatidan Qozogʻiston orqali mamlakatga import tovarlarini tashish bilan shugʻullanuvchi avtofura haydovchilaridan tovlamachilik yoʻli bilan pul undirib kelgan jinoiy guruhi fosh etilgan. Jinoyatchilar post orqali oʻtishlari jarayonida bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirishni bahona qilib pul olib kelgan.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida mazkur jinoiy guruh soxta hujjatlar yordamida tovar-moddiy boyliklar importi bilan ham shugʻullanganligi aniqlandi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 6 ta manzilda tintuv oʻtkazilgan. Natijada ulardan 410 ming dollar, turli koʻrinishdagi 21 dona soxta muhr va shtamplar, kompyuter texnikalari hamda bojxonaga oid shubhali hujjatlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ularning ikki nafar yetakchisiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Shuningdek, tergov harakatlari doirasida guruh faoliyatiga aloqador boʻlgan boshqa shaxslarni aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Asosiy mavzular