“Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yaman”: Qarshida firibgar qo‘lga tushdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarshida 4,5 ming dollar evaziga milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi - Bosh prokuratura matbuot xizmati.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Qarshi shahrida fuqaroni milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston
YPX piyoda xizmat olib borishdan bosqichma-bosqich voz kechadi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan Qarshi harbiy prokuraturasi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.T. fuqaro R.S.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishilari orqali milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 4 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0