01:18 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
46610

Jizzaxda chuqur shaxtadan qoʻlbola usulda oltin qazib olmoqchi boʻlgan fuqarolarni tosh bosib qoldi. Ikki kishi vafot etdi.

TOSHKENT, 29 yanv - Sputnik. Jizzax viloyatida togʻ ostidan oltin qazib olmoqchi boʻlgan 2 kishini bosib qoldi, deb xabar qilmoqda IIV. 

Voqea 26 yanvar kuni Gʻallaorol tumanining Buloqboshi qishlogʻida sodir boʻlgan. Ushbu joyda yashovchi 4  nafar fuqaro hududdagi togʻdan noqonuniy ravishda oltinli rudani qazib olmoqchi boʻlishadi. Ushbu maqsadda ular yaqin atrofdagi togʻ bagʻrida chuqurligi 12-15 metr boʻlgan qoʻlbola shaxta kovlashadi.

Noqonuniy ruda qazib olish vaqtida fuqarolarni tosh bosib qoladi. Oqibatda 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan yana 2 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Voqeadan soʻng, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari va mahalla faollari va nuroniylar ishtirokida muhokama uyushtirdi. Muhokamada fuqarolarga noqonuniy faoliyat oqibatlari, foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish uchun javobgarlik va boshqa masalalar tushuntirib berildi.

Press-slujba UVD Djizakskoy oblasti
Chetverыx chelovek, zanimavshixsya nezakonnoy dobыchey zolota na gore v Gallyaaralskom rayone Djizakskoy oblasti, zavalilo kamnyami

Maʼlumot uchun, ushbu hududda 2017 yildan shu kunga qadar noqonuniy ravishda tarkibida qimmatbaho oltin zarralari bor boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlarni talon-taroj qilganlik holati boʻyicha bir necha fuqarolar javobgarlikka tortilgan.

Press-slujba UVD Djizakskoy oblasti
Chetverыx chelovek, zanimavshixsya nezakonnoy dobыchey zolota na gore v Gallyaaralskom rayone Djizakskoy oblasti, zavalilo kamnyami

Asosiy mavzular