01:54 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
312 0 0

Opa-singillar 32 yoshli ayolga Dubaydagi mehmonxonalarda fohishalik bilan shugʻullanib, moʻmaygina pul ishlab olish mumkinligini aytishgan.

TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Toshkent shahrida fuqaroni Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahriga fohishalikka yuborayotgan opa-singillar ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, 26 yanvar kuni 32 yoshli N.YU. Bektemir tumani IIO FMB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda “Fotima” va “Zuhra” ismli shaxslar unga Dubaydagi mehmonxonalarda fohishalik bilan moddiy mablagʻ orttirishni taklif qilganliklarini bayon qilgan.

Ular fuqaroni Toshkent xalqaro aeroporti orqali yuborayotgan vaqtlarida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Fotima B. va Zuhra I.larga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi “ye” bandi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda egizaklarning muqaddam bu kabi jinoyatlarga qoʻl urgani yoki urmagani surishtirilmoqda.

Asosiy mavzular