10:41 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
124 0 0

Samarqand va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida maktab va suv chiqarish inshootida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan jamiyat rahbarlari yirik byudjet mablagʻlarini talon-taroj qildi.

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Samarqand va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida qurilish-taʼmirlash ishlari bahonasi yirik mablagʻni talon-taroj qilgan MCHJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot Sputnik nashriga maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tergovga qadar tekshiruv oʻtkazgan. Unda Samarqand tumanidagi 24-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabda “F.” MCHJ amalga oshirgan ishlar oʻrganilgan.

Aniqlanishicha, jamiyat rahbarlari smeta hujjatlarida koʻrsatilgan qurilish-montaj ishlarini amalda toʻliq bajarmasdan, maʼlumotlarni qoʻshib yozishgan. Buning ortidan 631,7 mln soʻm byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilishgan.

Xuddi shunday Kattaqoʻrgʻon tumanida ham kuzatilgan. Tumandagi uchta mahallada qurilgan suv chiqarish inshootida “N.” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan ishlar oʻrganilganda 240,5 mln soʻm byudjet mablagʻlari yeb ketilgani aniqlangan.

Jamiyat rahbarlari smeta hujjatlarida koʻrsatilgan qurilish-montaj ishlarini amalda toʻliq bajarmasdan, maʼlumotlarni qoʻshib yozishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Teglar:
Bosh prokuratura, jinoyat, talon-tarojlik, Kattaqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyati

Asosiy mavzular