09:57 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Hodisalar
Havola olish
176 0 0

“Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ muhandisi va uning sherigi fuqaroga 25 ming dollar pora evaziga u yerda qurilishi rejalashtirilayotgan doʻkonni auktsion orqali olib berishni vaʼda qilgan

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Toshkentda “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJda qurilishi rejalashtirilgan doʻkonni 25 ming dollarga auktsion orqali olib bermoqchi boʻlgan bozor masʼuli va uning sherigi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.

Aniqlanishicha, bu yerda doʻkon sotuvchisi boʻlib ishlovchi N.R. fuqaro D.B.ga mazkur savdo kompleksi hududidagi savdo doʻkonlaridan birini olib berish masalasini bozor muhandisi A.S. orqali hal qilib berishini aytgan. Buning uchun 25 ming dollar soʻragan.

N.R. soʻralgan mablagʻdan 9,4 ming  dollarni olib, keyinroq qolgan 15,6 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Undan keyin savdo kompleksi bosh muhandisi A.S. doʻkon sotuvchisidan 10 ming dollarni porani olayotgan vaqtida qoʻlga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan A.S. va N.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, jinoyat, pora, Toshkent

Asosiy mavzular