TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida fuqarolarning pensiya va nafaqa pullarini oʻzlashtirgan sayyor kassa nazoratchisining kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, AT “Xalqbanki” Mirzo Ulugʻbek filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda filialning sayyor kassa hisobchi-nazoratchisi T.T. oʻziga ishonib topshirilgan jami 170 mln soʻm pensiya va nafaqa pullarini egalariga tarqatmasdan, talon-toroj qilganligi aniqlangan. U bu pullarni 2020 yilning sentyabr oyidan joriy yilning yanvar oyiga qadar boʻlgan davrda egalariga tarqatishi kerak boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan T.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.