00:50 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
376 0 0

Qoʻlga olingan ayollardan biri muqaddam odam savdosi jinoyat uchun 8 yilga qamalgan va afv etilgan. Ammo u oʻziga tegishli xulosa chiqarmasdan yana shu jirkanch ishga qoʻl urgan.

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Toshkent aeroportida bir qizni Turkiyaga fohishalik uchun shugʻullanisha yuborayotgan ikki kishi qoʻlga olindi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, 28 yoshli Shoira N. va 32 yoshli Nilufar R. “Muxlisa”ga Istanbul shahrida fohishalik bilan shugʻullanish orqali moddiy mablagʻ orttirishni taklif qilishgan. Yoʻlkira va boshqa xarajatlarini toʻlab berishlarini vaʼda qilishgan. Rejaga koʻra qizni u yerdagi jinoiy sheriklari Nargiza G. qarshi olishi kerak boʻlgan.

Qizni Toshkent aeroportida Turkiyaga joʻnayotgan vaqtlarida ushbu shaxslar qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi ularga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi “ye” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov davomida Shoira N. muqaddam shu kabi sodir qilgan xatti-harakatlari tufayli odam savdosi moddasi bilan sudlanib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingani aniqlangan. Keyin u afv etilgan.

Hozirda mazkur fuqarolar muqaddam bu kabi jinoyatlarga qoʻl urgani yoki urmaganini aniqlash maqsadida surishtiruv oʻtkazilmoqda.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Teglar:
fohishalik, odam savdosi, Istanbul, Toshkent

Asosiy mavzular