10:36 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
249 0 0

1-sinf oʻquvchisi darsini tugatib maktabdan chiqqan vaqtida, uning yoniga nomaʼlum shaxs kelgan va u bilan suhbatlashgan.

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Toshkent viloyati IIBB Yangiyoʻlda begona shaxs yosh qizaloqni olib ketmoqchi boʻlgani aytilgan video yuzasidan izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, hozirda mazkur holat Yangiyoʻl shahar IIB va prokuratura nazoratiga olingan va surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Asosiysi oʻquvchi qiz sogʻlom va ota-onasi yonida. Maktabda darslarida ishtirok etmoqda”, - deyilgan xabarda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 29 yanvar kuni soat 12-10 larda Yangiyoʻl shahrida yashovchi 2013 yilda tugʻilgan, 1-sinf oʻquvchisi S.A. darsini tugatib maktabdan chiqqan vaqtida, uning yoniga nomaʼlum shaxs kelgan va u bilan suhbatlashgan. Unga shirinlik olib berishini aytib, qoʻlidagi maktab sumkasini olib birgalikda bozor tomonga harakatlangan.

Ular biroz yoʻl yurgandan keyin qizaloq u bilan ketmasligini aytib, xarxasha qilib yigʻlay boshlagan. Shundan soʻng u qizga sumkasini qaytarib bergan va oʻzi yoʻlida davom etgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan video xabarlarda ham aks ettirilgan.

Holat yuzasidan kelib tushgan xabarga asosan shahar IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surushtiruv ishlari boshlangan.

Surushtiruv davomida qizning ota-onasi video tasvirda aks etgan shaxsni tanimasligini maʼlum qilgan.

Hozirda ushbu shaxsning kimligini aniqlash va holatga huquqiy baho berish yuzasidan shahar IIB xodimlari tomonidan surushtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Teglar:
maktab, Yangiyoʻl tumani, Toshkent viloyati

Asosiy mavzular