15:24 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
271 0 0

Prokuratura nomusga tegish aybi bilan qamalgan xonanda Jasur Umirovga qarshi jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etgan Kattaqoʻrgʻon tuman IIB TB tergovchisining harakatlarini oʻrganmoqda.

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Kattaqoʻrgʻon shahar prokuraturasi xonanda Jasur Umirovning ishi boʻyicha dastlab jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etgan IIB tergovchisining harakatlarini oʻrganmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, hozirda ushbu holat boʻyicha dastlab tergovga qadar tekshirish harakatlari olib bormoqda. Biror-bir shaxsning harakatida jinoyat alomatlari mavjud emasligi asosi bilan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan Kattaqoʻrgʻon tuman IIB TB tergovchisining harakatlari oʻrganilmoqda.

Tergov departamenti Jasur Umirov ishi boʻyicha yangi tafsilotlarni maʼlum qildi

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jasur Umirov Jinoyat kodeksining nomusga tegish moddasi bilan aybdor deb topilgani va 5 yilga qamalgani xabar qilingan edi.

Teglar:
zoʻrlash, jinoyat, Jasur Umirov ishi, Jasur Umirov

Asosiy mavzular