Yangiyo‘lda 8 yoshli qizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan erkak ushlandi: u ilgari sudlangan

© Press-slujba NasgvardiiZaderjan mujchina, kotoriy v Yangiyule popitalsya poxitit 8-letnyuyu devochku
Zaderjan mujchina, kotoriy v Yangiyule popitalsya poxitit 8-letnyuyu devochku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Obuna bo‘lish
Qo‘lga olingan shaxs Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 38 yoshli erkak. U ilgari qotillik va bosqinchilik moddalari bilan qamoqda o‘tirib chiqqan.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida o‘quvchi qizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan va qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tezkor chora-tadbirlar natijasida 4-fevral kuni soat 10-00 larda Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari qidiruvdagi shaxsni Oqqo‘rg‘on tumani markaziy tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika hududida qo‘lga olib, Quyichirchiq tumani IIBga topshirgan.
Devochka vibirayet portfel  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Yangiyo‘lda yosh qizaloqni olib ketmoqchi bo‘lgan begona shaxs qidirilmoqda
Qo‘lga olingan shaxs Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro X.T. ekanligi aniqlandi.
U muqaddam O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi, 164-moddasi (Bosqinchilik) 2-qismi bilan sudlangan.
Ushbu holat yuzasidan JKning 137-moddasi 2-qismi “a” bandi (Odam o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangiyo‘lda yosh qizaloqni olib ketmoqchi bo‘lgan begona shaxs qidirilayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0