“Layk” vasvasasi: Sirdaryoda IIB xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit 8 sutkaga qamaldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2021
Obuna bo‘lish
Mirzaobod tumanida "layk yig‘ish" uchun ichki ishlar xodimi kiyimini kiyib raqs tushgan yigit va uni videotasvirga olgan voyaga yetmagan bolaga chora ko‘rildi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida ichki ishlar xodimi kiyimini kiyib raqs tushgan yigit va uni videotasvirga olgan voyaga yetmagan bolaga chora ko‘rildi.
Mirzaobod tumanining “Bog‘iston” mahallasida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida ishchi bo‘lib ishlab kelgan 25 yoshli Hasan Do‘stov ichki ishlar xodimlarining xizmat kiyimini kiyib jamoat joyida yurish-turish va odob axloq qoidasini buzgan. Tanishi voyaga yetmagan Diyorbek bilan nojo‘ya xatti-harakatlarni tasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan.
Ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlandi. Holat yuzasidan Hasan Do‘stovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 209-1-moddasi (xizmat kiyimini ruxsatsiz belgilanmagan tartibda kiyish) bilan ayblov e’lon qilindi.
Sudda yigitlarning xatti-harakatiga qonuniy baho berildi. Sud Hasan Do‘stovga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Uning sherigi Diyorbekning ishi Mirzaobod tumani hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
“Layk yig‘ish edi maqsadimiz, qilgan ishimdan pushaymonman”, – deydi Diyorbek.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimlarining xizmat mashinalari oldida raqsga tushib, uyatli xatti-harakatlar sodir etgan kishilarga chora ko‘rilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0