01:29 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
338 0 0

Andijon viloyati IIBning katta tergovchisi va hibsxona boshligʻi fuqaroga qamoq bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanishida yordam berishga vaʼda qilishgan.

TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Tergov boshqarmasi katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshligʻi 12 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda "Oʻzbekiston 24" telekanalida xabar qilindi.


Maʼlum qilinishicha, ular oʻzaro kelishgan holda JKning 1412 (Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish) va 182-moddalari (Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish) bilan ayblanayotgan fuqaroga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanishiga yordam berishlarini vaʼda qilishgan. Ularga bunda sud idoralaridagi mansabdor shaxslar koʻmaklashishiga ishontirishgan. Buning evaziga esa 12 ming dollar talab qilishgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbirda tergovchi va hibsxona boshligʻi fuqaroning opasidan soʻralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Asosiy mavzular