TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanidagi zovurdan odam jasadi topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, viloyat IIBga holat haqida 2021 yil 6 fevral kuni xabar berilgan.
Voqea joyiga yetib borgan tergov tezkor guruhi surishtiruvidan soʻng “Choʻmich” mahallasi hududidagi zovurdan topilgan jasad fuqaro J.S.ning jasadi ekanligi maʼlum boʻlgan.
“Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etamiz”, — deyilgan xabarda.