09:22 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Hodisalar
Havola olish
26210

“Suv taʼminoti va oqova suv obʼyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK Qoraqalpogʻiston hududiy boshqarmasi hamda “Granit Montaj Stroy” MCHJ mansabdorlari 246,1 million soʻmni oʻmargan.

TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. “Nukus City” qurilishida 246 million soʻmdan ortiq byudjet mablagʻlari oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, “Suv taʼminoti va oqova suv obʼyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK Qoraqalpogʻiston hududiy boshqarmasi hamda “Granit Montaj Stroy” MCHJ oʻrtasida 2020 yilning 18 sentyabrida 3,5 milliard soʻmlik shartnoma tuzilgan.

Ushbu mablagʻlar Nukus shahri, A.Shamuratova koʻchasi avtomobil yoʻlining asfalt qoplamasini qayta tiklash va “Nukus City” markazidagi koʻp qavatli uylarning suv va kanalizatsiya tarmoqlarini taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga sarflanishi lozim boʻlgan.

Shartnomaga asosan “Granit Montaj Stroy” 236,5 million soʻmga asfalt qoplamasini tiklashi, 9,6 million soʻmga suv tarmoqlarini taʼmirlashi kerak boʻlgan. Ammo bu ishlar toʻliq bajarilmasdan, bajarilganligi haqida hisob-fakturalarga soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritilgan. Natijada jami 246,1 million soʻm mablagʻ talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan “Suv taʼminoti va oqova suv obʼyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi hamda “Granit Montaj Stroy” mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan juda koʻp miqdorda talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular