TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkent shahrida “MAN” va “Isuzu” rusumidagi avtobuslar ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
YTH 8-fevral ertalab soat 06:50 atrofida Koʻkcha Darvoza-Toʻqimachi koʻchalari kesishgan chorrahada roʻy bergan. 46-sonli yoʻnalishda harakatlanuvchi “MAN va 134-sonli yoʻnalishda harakatlanuvchi “Isuzu” avtobus haydovchilari oʻzaro toʻqnashgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bir nafar yoʻlovchi yengil tan jarohati olgan. U shifoxonaga olib borilgan va unga tez tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
Hozirda xizmat surishtiruvi oʻtkazilmoqda.