TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkent shahrining Yashnobod tumanida teplovoz va “Cobalt” avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.
YTH 8 fevral kuni taxminan soat 12:30 da Oxangaron koʻchasida sodir boʻlgan. Yuk tashuvchi teplovoz mashinisti 32 yoshli O.A. belgilangan yoʻnalish boʻyicha harakatlanib borgan. Uning yoʻliga 58 yoshli Qozogʻiston fuqarosi B.A. boshqaruvidagi “Cobalt” avtomobili chiqqan.
Toʻqnashuv oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Hozirda YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.