05:16 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
145 0 0

Beruniyda filial mansabdor shaxslari oʻzlariga ishonib topshirilgan qiymati 872,4 mln soʻmlik 446,9 tonna mineral oʻgʻitlarini talon-toroj qilgan.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Qoraqalpogʻistoning Beruniy tumanida 872,4 mln soʻmlik mineral oʻgʻitlar talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Sputnik” nashriga maʼlum qildi.

“Qoraqalpoqagrokimyohimoya” AJning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda jamiyatning Beruniy tumani filiali mansabdor shaxslari “Markaziy” mineral oʻgʻitlari tarqatish shoxobchasiga kirim qilib, oʻzlariga ishonib topshirilgan qiymati 872,4 mln soʻmlik 446,9 tonna mineral oʻgʻitlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular