TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Vladikavkaz markazida kuchli portlash sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti favqulodda xizmatlarga asosan.
Gagkayev koʻchasida joylashgan "Magnit" supermarketida tong soat 7:28da kuchli portlash sodir boʻldi. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha maʼlumot yoʻq.

Mahalliy hukumat portlash oqibatida bir kishi daraksiz yoʻqolgan boʻlishi mumkinligini xabar qilishmoqda. Ayni damda 100ga yaqin qutqaruvchilar buzilgan bino ostidan jabrlanganlarni qidirishmoqda.

Portlash oqibatida atrofdag uylarga zarar yetmagan. Dastlabki xulosaga koʻra ushbu portlashga sabab gaz mumkin. Bino podvalida kislorod ballonlari saqlangani xabar qilingan.