15:54 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Hodisalar
Havola olish
226 0 0

Tibbiy surishtiruv davomida bemor qishloqdoshi A.T. xonadonida bir kun oldin besh nafar kishi bilan palov va uy sharoitida tayyorlangan konserva (marinovka) isteʼmol qilganligi aniqlanadi.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Bulungʻur tumani tibbiyot birlashmasi qabul boʻlimiga 7 fevral kuni tumanning “Mingtepa” mahallasida yashovchi 2001 yilda tugʻilgan I.E. tez tibbiy yordam mashinasida olib kelindi. Tibbiy tekshiruvlardan soʻng unga botulizm tashxisi qoʻyildi.

Tibbiy surishtiruv davomida bemor qishloqdoshi A.T. xonadonida bir kun oldin besh nafar kishi bilan palov va uy sharoitida tayyorlangan konserva (marinovka) isteʼmol qilganligi aniqlanadi.

Tezkor tadbir davomida tez tibbiy yordam mashinasida A.T., uning turmush oʻrtogʻi G.T., oʻgʻli SH.T va qoʻshnisi B.B.lar shifoxonaga olib kelindi.

Intensiv davo muolajalari hamda botulizmga qarshi zardob berilishiga qaramasdan I.E.ning ahvoli ogʻirlashib, 8 fevral kuni tungi soat 03:30 da olamdan oʻtdi.

Konservadan zaharlangan toʻrt bemor reanimatsiya postida statsionar sharoitda davolanmoqda.

Bemor SH.T. ahvoli ogʻirligicha qolmoqda. U sunʼiy nafas olish apparati yordamida muolaja olmoqda.

A.T., G.T. va B.B.larning umumiy ahvoli oʻrta ogʻir.

Asosiy mavzular