11:58 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
398 0 0

Tadbirkorlar va fuqarolarni tovlamachilik va qoʻrqitish yoʻli bilan “ulush” olayotgan toʻda aʼzolari ushlandi. Ularning “Mestnыy” va “Boksyor” laqabi boʻlgan.

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Sirdaryo viloyatida tadbirkorga zoʻravonlik qilgan jinoiy toʻda hibsga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, 5 fevral kuni xususiy tadbirkor D.M. Sirdaryo viloyatida onasi bilan oʻzining “Malibu-2” avtomashinasida ketayotganida yoʻlini “Neksiya-2” avtomashinada bir guruh shaxslar toʻsadi.

Mashinadan muqaddam bir necha marotaba sudlangan A.E. (taxallusi Mestnыy) oʻzining 2 nafar niqobli sheriklari bilan tushib, D.M.ning boʻyniga oʻtkir tigʻli pichoq tirab, zudlik bilan 45 ming dollar berishini talab qiladi.

Agar bu haqda huquq-tartibot idoralariga xabar qilsa, uni onasi guvohligida oʻldirib ketishlari va hech narsadan qaytmasliklarini aytishadi. Unga bir necha kunga muhlat berishadi.

Tadbirkorlar va fuqarolarni tovlamachilik va qoʻrqitish yoʻli bilan “ulush” olayotgan toʻda aʼzolari ushlandi.
Tadbirkorlar va fuqarolarni tovlamachilik va qoʻrqitish yoʻli bilan “ulush” olayotgan toʻda aʼzolari ushlandi.

Shundan soʻng A.E. oʻzi singari muqaddam bir necha marta sudlangan R.B. (taxallusi Boksyor) bilan birga jabrlanuvchi D.M.ning uyiga borib, talab qilingan pullardan 17 ming dollarni zudlik bilan topib berishni yoki hozirda jazoni oʻtayotgan tanishlarini chiqartirishni yoxud giyohvand moddalari bilan qamoqqa olingan qarindoshini har qanday yoʻllar bilan boʻlsa-da, jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni talab qilishadi. Boʻlmasa oʻldirish bilan tahdid qilishadi.

Holat yuzasidan IIV, DXX, Sirdaryo viloyati IIB hamda DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tadbir oʻtkazgan. Unda fuqarolar A.E. va R.B. jabrlanuvchi D.M.dan tovlamachilik yoʻli bilan talab qilingan pullardan bir qismi, yaʼni 10 ming dollarni (kimyoviy ishlov berilgan) olgan vaqtida dalillar bilan qoʻlga olingan.

Tadbirkorlar va fuqarolarni tovlamachilik va qoʻrqitish yoʻli bilan “ulush” olayotgan toʻda aʼzolari ushlandi
Tadbirkorlar va fuqarolarni tovlamachilik va qoʻrqitish yoʻli bilan “ulush” olayotgan toʻda aʼzolari ushlandi

Taʼkidlanishicha, xususiy tadbirkor D.M. – Sirdaryo viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi bir necha xususiy klinika, apteka, issiqxona, avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari, tijorat doʻkonlari va boshqa tarmoq savdo majmualarini oʻz ichiga olgan MCHJ rahbaridir.

Hozir Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan. Gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular