23:36 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
524 0 0

Surxondaryo viloyatida erkak bir oilali ayolni intim video bilan qoʻrqitib, 500 dollar ishlab olmoqchi boʻldi.

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Surxondaryo viloyatida oilali ayolni video bilan shantaj qilgan erkak qoʻlga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, 4 fevral kuni 40 yoshli Nodira B. IIBga ariza bilan murojaat qilib, 31 yoshli Bahrom U.ga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan. Erkak ayolning video tasvirini internetdagi ijtimoiy tarmoqlariga tarqatish va uning Rossiyada ishlab yurgan turmush oʻrtogʻiga yuborish bilan qoʻrqitgan. Videoni oʻchirish tashlash uchun 500 dollar talab qilgan.

Erkak jabrlanuvchidan 5,2 million soʻmni olayotgan vaqtda qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB Bahrom U.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida bir qizni telefon suhbatlari bilan qarindoshlari oʻrtasida sharmanda qilish bilan qoʻrqitib, tovlamachilikka qoʻl urgan yigit ushlangan edi.

Teglar:
jinoyat, tovlamachi, Surxondaryo

Asosiy mavzular