10:25 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Hodisalar
Havola olish
256 0 0

Fuqaro shifokorlar oʻz ishiga sovuqqonlik bilan yondashganligi sababli onasi D.N. oʻlgan degan fikrda boʻlgan. Marhuma kasalxonaga klinik oʻlim holatida olib kelingan.

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Toshkent shahrida tibbiyot xodimlariga tan jarohati yetkazganlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Idora keltirgan tafsilotlarga koʻra, 2021 yil 18 fevral kuni taxminan soat 23:50 larda Yakkasaroy tumanidagi I.Irgashev nomidagi 4-sonli shahar klinik shifoxonasida 28 yoshli F.M. ikki tanishi bilan 31 yoshli shifokor D.U. va 20 yoshli feldsher A. A.ga tan jarohati yetkazgan.

Aniqlanishicha, F.M. shifokorlar oʻz ishiga sovuqqonlik bilan yondashganligi sababli onasi D.N. oʻlgan degan fikrda boʻlgan. Marhuma kasalxonaga tez tibbiy yordam mashinasida klinik oʻlim holatida olib kelingan.

Voqea natijasida ikkala tibbiyot xodimlari turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. 

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda ikki nafar tibbiyot xodimiga marhumning yaqinlari tan jarohati yetkazgani va Sogʻliqni saqlash vazirligi holat boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular