19:25 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
666 0 0

Ayol 19 yoshli tanishini Navoiy shahridagi “Gumbaz” kafesida shartli mijozga 400 ming soʻmga 3 kunga jinsiy aloqa qilishi uchun sotgan vaqtida qoʻlga olingan.

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Navoiy viloyatida boshpanasiz qolgan qizga yordam koʻrsatish maqsadida uni fohishalikka majburlagan ayolning kirdikori fosh etildi.

Tergov departamenti xabariga koʻra, 29 yoshli Z.Z. tanishi 19 yoshli R.Oʻ.ning boshpanasiz va moddiy jihatdan qiynalib qolganligidan foydalangan. Uni uyiga olib kelib, birga yashashni taklif qilgan. Keyin qizning pasportini olib qoʻyib, oʻziga moddiy jihatdan qaram boʻladigan vaziyatni yuzaga keltirgan. Moddiy manfaat koʻrish maqsadida, uni erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan.

Ayol qizni Navoiy shahridagi “Gumbaz” kafesida shartli mijozga 400 ming soʻmga 3 kun muddatga jinsiy aloqa qilishi uchun sotgan vaqtida qoʻlga olingan. 

Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi unga nisbatan JKning 135-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan. Ayol hibsga olingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular