19:12 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Hodisalar
Havola olish
1533 0 0

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, marhum Milliy gvardiya xodimi emasligi, 2-guruh nogironi boʻlib, hech qayerda ishlamasligi maʼlum boʻladi

TOSHKENT, 23 fev - Sputnik. Toshkentda oʻzini huquq-tartibot idorasi xodimi sifatida tanishtirib, maqtangan yigitni urib oʻldirishdi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Hodicha 18 fevral kuni kechki vaqt Yashnobod tumani Katta Qoʻyliq mahallasida joylashgan kafelarning birida sodir boʻlgan.

23 yoshli Agʻzamjon tanishi - 28 yoshli Bobomurod bilan birgalikda spirtli ichimlik ichib oʻtirganida, gap orasida Bobomurod "Milliy gvardiya va IIB xodimiman", deb maqtanib, tanishini shaxsiyatga teguvchi soʻzlar bilan haqorat qiladi.

Shundan soʻng, Agʻzamjon "senlar meni 10 sutkaga qamatgansizlar", deya Bobomurodni mahalla hududidagi yer osti yoʻlagiga olib borib, u yerda tanasining turli joylariga oyoq va qoʻllari bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashirinadi. Natijada Bobomurod olgan tan jarohatlarining oqibatida hodisa joyida vafot etadi.

Mazkur holat yuzasidan Agʻzamjonga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "D" bandi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, marhum Bobomurod Milliy gvardiya xodimi emasligi, 2-guruh nogironi boʻlib, hech qayerda ishlamasligi, Agʻzamjon esa mardikorlik bilan shugʻullanib bir necha marotaba maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganligi tufayli, unga nisbatan 10 sutka qamoq jazosi qoʻllanilganligi maʼlum boʻlgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Asosiy mavzular