Andijonda homilador ayolni elektroshoker yordamida talon-taroj qilishdi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovElektroshoker
Elektroshoker - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Obuna bo‘lish
Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 10-yildan 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Andijon viloyatida homilador ayolga nisbatan elektroshoker ishlatib, bosqinchilik sodir etgan shaxs ushlandi, deb xabar bermoqda  O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
ruki naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2018
Toshkentdagi hujum: bosqinchilar elektroshoker va pnevmatik to‘pponchadan foydalanishdi
Hodisa 2-mart kuni kunduzi ro‘y bergan. Elektroshoker bilan qurollangan, yuziga niqob taqqan noma’lum shaxs Marhamat tumanidagi mahallalarning birida yashovchi homilador ayol - 28 yoshli Nilufarning xonadoniga kirib borgan.
Talonchi ayoldan tilla-taqinchoqlarni talab qilib, elektroshoker bilan hujum qilgan. So‘ngra devordan oshib xonadondan qochib ketayotgan vaqtda mahallada yashovchi fuqarolar tomonidan ushlangan.  
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 26 yoshli Mansurbek M. sodir qilganligi aniqlanib, tilla-taqinchoqlar va elektroshoker ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Mansurbek M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Ta’kidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 10-yildan 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0