17:44 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Alisher Navoiy
© Sputnik

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi arafasida Oʻzbekistonda maxsus fond tashkil qilindi. Uning vazifasi buyuk mutafakkir asarlarini turli tillarga tarjima qilib dunyoga keng tarqatishdir.

Buyuk oʻzbek shoiri, ulugʻ olim va mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher (Navoiy) oʻz davri adabiyotning yorqin quyoshi boʻlgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Xurosonda bosh vazir boʻlgan Navoiy oʻz davrida madaniyat va ilm fan rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshdi.

Alisher Navoiy turkiy tilda ijod qila boshlagan birinchi shoir boʻlgani uchun ham uning oʻzbek adabiyoti paydo boʻlishi va rivojlanishiga qoʻshgan hissasi beqiyosdir. Shuningdek, Navoiy  turkiy til grammatikasi, turkiy tilda sheʼr yozish qoidalariga bagʻishlangan asarlari oʻtgan asrlardan bugungi kunga qadar boshqa shoir va adabiyotchilarga ilmiy qoʻllanma boʻlib xizmat qilmoqda.

Alisher Navoiy hayoti davomida oʻzbek tili bilan bir qatorda forsiy tilda ham ijod qilib, oʻzidan boy meʼros qoldirdi. Shoirning forsiy tildagi sheʼrlari «Devoni Foniy» tplamiga jamlangan. Ushbu asar Tehronda, Toshkentda va Dushanbyeda nashr etilgan.

Alisher Navoiy ijodiyotiga qiziqish, uni oʻrganish Yevropa va Rossiyada ham hiyla katta tarixga ega. Frantsuz sharqshunosi Katrmer, rossiyalik I.N. Berezin, M. Nikitskiy va yana bir necha olimlar Navoiyning faoliyati va merosini oʻrganib chiqishgan.

Oʻzbekistonda ham 20 asr davomida Alisher Navoiyning turli asarlari qayta-qayta nashrdan chiqdi. Buyuk oʻzbek olim va adiblardan Oybek, O. Sharafiddinov, S. Ayniy, V. Zohidov, Izzat Sulton, A. Qayumov, P. Shamsiyev, H. Sulaymonov, N. Mamayev, S. Gʻaniyeva, A. Hayitmetov, A. Abdugʻafurov, A. Rustamovlar Alisher Navoiy ijodi jiddiy oʻrganilib, uning asosida ilmiy ishlar yaratildi.

Shuningdek, Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Iskandar” kabi asarlari oʻzbek  teatri sahnalaridan mustahkam oʻrin egalladi.

Mustaqillik yillarida esa Alisher Navoiy asarlarini yanada kengroq oʻrganish imkoniyati paydo boʻldi. Xususan, uning bir qator asarlarida din bilan bogʻliq boʻlgan, oldin qisqartirib berilgan, boʻlaklari toʻliq chop etila boshlandi.

Undan tashqari, buyuk shoir va mutaffakir nomini ulugʻlash maqsadida Toshkentda Alisher Navoiy nomli Milliy bogʻ barpo etilib uning oʻrtasida shoir haykali oʻrnatildi. Undan tashqari Oʻzbekistonda Alisher Navoiy nomli Davlat mukofoti taʼsis etildi, bir necha  oliy oʻquv yurtlariga, Davlat kutubxonasi, Katta akademik opera va balet teatriga Alisher Navoiy nomi berildi. Shuningdek, Navoiy nomi Oʻzbekistonning markaziy viloyatlaridan biriga ham berilgan.

Navoiy haqida batafsil yuqoridagi infografikamizda tanishing.

Yana infografika

  • Oxirgi yangilanish: 14:27 26.02.2021
    14:27 26.02.2021

    Metrobus qulayligi nimada?

    Toshkentda umumiy hisobda yettita metrobus yoʻnalishi ishga tushishi rejalashtirilgan, birinchisi - 2021 yilning sentyabr oyida.

    81
  • Oxirgi yangilanish: 16:02 05.02.2021
    16:02 05.02.2021

    Birinchi isteʼmol savatiga nimalar kiritildi?

    Oʻzbekistonda ilk bor hisoblab chiqilgan isteʼmol savatining qiymati - 2 milliondan oshdi. Uning tarkibiga nimalar kiritilgani haqida batafsil infografikamizda tanishing.

    404
  • Oxirgi yangilanish: 18:20 29.01.2021
    18:20 29.01.2021

    Oʻzbekiston qaysi vaktsinani tanlaydi

    Mart oyida Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy vaktsinalash boshlanishi mumkin. Sputnik bugungi kunda eng ommaviy 3ta vaktsina haqida batafsil maʼlmuot toʻpladi.

    924
  • Oxirgi yangilanish: 15:41 26.01.2021
    15:41 26.01.2021

    2020 yilda eng koʻp aniqlangan kontrabanda tovarlar

    Oʻzbekiston bojxona nazorat punktlarida eng koʻp miqdorda aniqlanadigan noqonuniy olib oʻtilayotgan mahsulotlar nimadan iborat?

    334

Asosiy mavzular