04:58 25 Fevral 2018
Efir
Infografika

Oʻzbekiston gidroenergetika salohiyati

Havola olish
95752
Oʻzbekiston gidroenergetikasi
© Sputnik/

Respublikada ishlab chiqarilayotgan umumiy elektr quvvatining 15%i gidroelektrostantsiyalar qolgan 85%i – issiqlik elektr stantsiyalarida ishlab chiqariladi.

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga muvofiq 2017-2021 yillarda, 42ta yangi gidro elektro stantsiyalar qurilishi va 32 ta amal qilayotgan GESlarni zamonaviylashtirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda umimiy quvvati 12400 MVt boʻlgan 45 ta elektrostantsiya faoliyat yuritmoqda. Ulardan 32tasi gidroelektrostantsiyalar boʻlib, ularning umumiy quvvati 1900 MVtni tashkil qiladi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga koʻra, yaqin besh yil ichida Oʻzbekiston  elektr ishlab chiqarish tizimiga 890 mln. dollarlik investitsiyalar kiritish rejalashtirilgan.

Elektroenergetika rivojlanishida asosiy eʼtibor qayta tiklanadigan energiya manbaalariga qaratiladi. Xususan gidroenergetika sohasida 42 ta oʻrtacha va kichik GESlar qurilib, mavjud boʻlgan 32ta GES zamonaviylashtiriladi.

Oʻzbekistonda gidroenergetika rivojlanishiga bagʻishlangan infogrfikamizda ushbu maʼlumotlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yana infografika

Asosiy mavzular