Farmon talablariga koʻra, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turishning amaldagi tartibi bekor qilindi.
Yangi stavkalar, imtiyozlar bekor qilinishi va protseduralar soddalashtirilishi – soliq tizimidagi asosiy oʻzgarishlar haqida Sputnik infografikasida tanishib chiqishingiz mumkin.