Qulaylik: Toshkent metrosida yangi to‘lov tizimi

Obuna bo‘lish
“Buyuk Ipak yo‘li”, “Amir Temur hiyoboni”, “Mustaqillik maydoni”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Chilonzor”, “Beruniy”, “Minor” va “Abdulla Qodiriy” metro bekatlarida Humo kartalari bilan to‘lovni amalga oshirish mumkin.

Humo kartalaridan bevosita to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Buning uchun maxsus turniketlar ishga tushirilgan. Mazkur tizim yo‘lovchilarning kassada navbatda uzoq turib qolishlarini oldini olib, ular uchun qulay imkoniyat yaratadi.

To‘lovni amalga oshirish uchun Humo kartasini bor-yo‘g‘i validatorga tegizish talab qilinadi.

Hozirgi kunda mazkur tizimga metropolitenning barcha bekatlarini ulash rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0