O‘zbekistonda eng qimmat osh qaysi viloyatda?

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda "Big Mak" indeksining muqobili "Palov indeksi" joriy etildi - Davlat statistika qo‘mitasi.

O‘zbekistonda "Big Mak" indeksining muqobili - "Palov indeksi" joriy etildi. Statistika qo‘mitasi qaysi viloyatda osh eng qimmat sotilishini xabar qildi.

Yangi indeksni hisoblashda turli viloyatlarda mol go‘shti (700gr), guruch (1kg), sabzi (1 kg), piyoz (300gr), moy (300gr) va ziravorlar narxlari hisobga olingan.

Tayyor palov narxlari har bir shaharda 3tadan oshxonalar orqali aniqlanib o‘rtachasi olingan. 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda eng qimmat osh Samarqand shahrida ekan - 20 ming so‘m bir porsiyasiga. Undan keyin Buxoro (16 ming), Toshkent shahri (15,5 ming), undan keyin Jizzax va Qashqadaryo (15 mingdan).

Qo‘mita ushbu indeksni doimiy ravishda e’lon qilib borishini ta’kidlagan. 

 

Yangiliklar lentasi
0