02:10 03 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Oʻzbekistonda 2020 yil 1-10 yanvar kunlari YTHlar soni

IIV YHXBB Oʻzbekistonda YTHlarning hududlar kesimidagi toʻliq statistikasi va avariyalar sabablarini eʼlon qila boshladi. Yilning dastlabki 10 kunida 107 ta avariya natijasida 35 kishi halok boʻldi, 100 kishi jarohat oldi.

2020 yilning dastlabki 10 kunida mamlakatda 107 ta baxtsiz hodisa roʻy bergan, ularning 103 tasi haydovchilar va 4 tasi piyodalar tomonidan sodir etilgan. Ushbu baxtsiz hodisalardan jabrlanganlar soni 100 kishini, halok boʻlganlar soni esa 35 kishini tashkil etdi.

Eng koʻp YTHlar Toshkent viloyatida - 20 ta, Jizzax, Namangan va Fargʻona viloyatlarida - 11 tadan, Toshkentda - 10 ta roʻyxatga olindi. Surxondaryoda - 9 ta, Andijon viloyatida - 7 ta, Buxoroda, Qashqadaryo va Qoraqalpogʻistonda - 6 tadan, Navoiy va Samarqand viloyatlarida - 3 tadan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida - 2 tadan YTH sodir boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, eng mudhish YTHlardan biri 9 yanvar kuni kechasi 23.20da Toshkentdagi Bunyodkor koʻchasida yuz bergandi. Avariya oqibatida Chevrolet Lacetti ning ikki nafar yoʻlovchisi halok boʻlishdi. Ular yonayotgan mashina ichidan chiqa olishmadi va tiriklay yonib ketishdi. Yana ikki nafar yoʻlovchi, shu jumladan, haydovchi kasalxonaga yotqizildi.

Yana infografika

  • Oxirgi yangilanish: 21:22 26.06.2020
    21:22 26.06.2020

    OTMdan tashqari qanday oʻquv shakllari bor?

    Oʻzbekistonda maktab bitiruvchilari uchun oliy taʼlimdan tashqari oʻqishning qanday yangi shakllari taklif qilinmoqda? Batafsil infografikamizda tomosha qiling.

    368
  • Oxirgi yangilanish: 19:48 25.06.2020
    19:48 25.06.2020

    Oʻzbekiston olimpiada oʻyinlarida qancha medal olgan?

    Xalqaro olimpiya kunida Sputnik planetaning eng muhim sport musobaqasi gʻoliblarini esga oldi. Batafsil infografikamizda tomosha qiling. 

    159
  • Oxirgi yangilanish: 18:51 22.06.2020
    18:51 22.06.2020

    Toshkentda 2020 yilda uylar necha puldan sotilmoqda?

    2020 yil boshida Toshkentda sotilgan uylarning asosiy xaridorlari boshqa viloyatdan kelgan fuqarolar ekani maʼlum boʻldi - Adliya vazirligi.

    930
  • Oxirgi yangilanish: 18:58 18.06.2020
    18:58 18.06.2020

    Pandemiya sharoitida iqtisodga kim yordam beradi?

    Pandemiya oqibatida yuzaga kelayotgan iqtisodiy murakkab davrda fuqarolar va biznesga Krizisga qarshi fonddan 10 trln. soʻm, xalqaro hamgʻarmalardan 3,1 mlrd dollarga yaqin mablagʻ jalb qilish rejalashtirilmoqda.

    215

Asosiy mavzular