O‘zbek ayoli so‘nggi 100-yilda qanday o‘zgardi?

Obuna bo‘lish
XXI asr o‘zbek ayoli – o‘qimishli, ijtimoiy faol inson bo‘lib, u nafaqat biznes, sayohat qilish, balkim o‘z blogini yuritishi ham mumkin.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilish va gender tenglikka katta e’tibor berilmoqda. So‘nggi yillarda rahbar lavozimlarida ishlayotgan ayollar soni tezlik bilan oshib bormoqda.

Vaholanki, Markaziy Osiyoda har doim ham bunday bo‘lmagan. Bundan 100-yil oldin o‘zbek ayollari dunyoga paranji ostidan boqardilar va faqat ichki hovlida uy yumushlarini bajarishlardi. 

O‘tgan asrning yigirmanchi yillarida o‘zbek ayollari paranjidan xalos bo‘lldi va ommaviy ravishda ta’lim ola boshladi. Og‘ir urush yillarida esa uning bir o‘zi ham uy ham dalalarda, zavod va fabrikalarda ishladi. 

O‘tgan asrning 70-yillardan boshlab O‘zbekistonda oliy ma’lumotli ayollar soni tez o‘sib bordi, ayollar ilm-fan, madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalarni faol egallay boshlashdi. 

XXI asr o‘zbek ayoli – o‘z huquqlarini yaxshi bilgan, o‘qimishli va faol insondir. U nafaqat, bola parvarishi, uy yumushlarini bajarishi, chiroyli kiyinishi, balkim biznes, sayohat qilish va o‘z blogini yuritishi ham mumkin.

Shavkat Mirziyoyev hukumat boshiga kelganidan buyon ayollarni rahbar lavzomlarga tayinlashga ko‘proq e’tibor berila boshlandi. Bugungi kunda har bir tashkilotda ayol rahbarlar sonini 30 %ga yetkazish - aniq maqsad qilib qo‘yilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0