02:26 03 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
© Sputnik /

Koronavirus infektsiyasi tarqalishi munosabati bilan Oʻzbekistonda kiritlayotgan karantin choralari haqida infografikamizda batafsil tanishing. 

TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Yevropa Ittifoqi, Rossiya va boshqa davlatlar kabi, Oʻzbekiston oʻz hududida koronavirus infektsiyasi vaqtida karantin rejimi joriy etmoqda.  

Xoʻsh, oʻzbekistonliklarni karantin vaqtida nima kutmoqda: 
1. 16 martdan eʼtiboran Oʻzbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari toʻxtatiladi.

2. Barcha OTMlar, maktablar va bolalar bogʻchalarida uch haftalik karantin eʼlon qilindi. Talabalar uchun ichki temir yoʻl reystlariga 50%lik chegirma eʼlon qilindi.

3. Barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan, Navroʻz tadbirlari bekor qilindi.

4. Jamoat transportlari, avtobus va poyezd bekatlari har 4 soatda dezinfektsiya qilinadi.

5. Barcha davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan majlis hamda boshqa tadbirlar oʻtkazish vaqtinchalik toʻxtatiladi. 

6. 16 martdan eʼtiboran tibbiyot niqoblarini xorijga eksport qilish toʻxtatiladi. Mamlakatimizda himoya qiluvchi kombinezonlar ishlab chiqarish hajmi oshadi.

7. Karantin vaqtida yolgʻon va tekshirilmagan hamda odamlarda vahima yaratadigan xabarlar tarqatadigan shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilik doirasida jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralar koʻriladi.

8. Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar koʻradi. Bunga Bosh prokuratura huzuridagi departament ham Davlat soliq qoʻmitasi jalb qilinadi. Oziq-ovqat va boshqa zaxiralar yetarli darajada gʻamlangan.

9. Oʻzbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining Oʻzbekistonga kirishi taqiqlanadi. Chet davlatlardagi Oʻzbekistonliklarning qaytishiga shart-sharoit yaratiladi.

10. Koronavirus boʻyicha barcha savollarga 1003 raqami orqali javob olish mumkin.

Yana infografika

  • Oxirgi yangilanish: 21:22 26.06.2020
    21:22 26.06.2020

    OTMdan tashqari qanday oʻquv shakllari bor?

    Oʻzbekistonda maktab bitiruvchilari uchun oliy taʼlimdan tashqari oʻqishning qanday yangi shakllari taklif qilinmoqda? Batafsil infografikamizda tomosha qiling.

    368
  • Oxirgi yangilanish: 19:48 25.06.2020
    19:48 25.06.2020

    Oʻzbekiston olimpiada oʻyinlarida qancha medal olgan?

    Xalqaro olimpiya kunida Sputnik planetaning eng muhim sport musobaqasi gʻoliblarini esga oldi. Batafsil infografikamizda tomosha qiling. 

    159
  • Oxirgi yangilanish: 18:51 22.06.2020
    18:51 22.06.2020

    Toshkentda 2020 yilda uylar necha puldan sotilmoqda?

    2020 yil boshida Toshkentda sotilgan uylarning asosiy xaridorlari boshqa viloyatdan kelgan fuqarolar ekani maʼlum boʻldi - Adliya vazirligi.

    930
  • Oxirgi yangilanish: 18:58 18.06.2020
    18:58 18.06.2020

    Pandemiya sharoitida iqtisodga kim yordam beradi?

    Pandemiya oqibatida yuzaga kelayotgan iqtisodiy murakkab davrda fuqarolar va biznesga Krizisga qarshi fonddan 10 trln. soʻm, xalqaro hamgʻarmalardan 3,1 mlrd dollarga yaqin mablagʻ jalb qilish rejalashtirilmoqda.

    215

Asosiy mavzular