20:11 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
© Sputnik /

Koronavirus epidemiyasining iqtisodiy oqibatlarini kamaytirish uchun Oʻzbekistonda umumiy miqdori 10 trln. soʻm boʻlgan maxsus fond tashkil qilindi.

Sir emaski koronavirus epidemiyasi tufayli iqtisodning koʻplab sohalari keskin qisqarib ketmoqda. Oʻzbekiston hukumati ushbu sohalarga yordam berish va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qator chorlar koʻrishni rejalashtirgan. 

Xususan, Respublikada umumiy miqdori 10 trln. soʻm boʻlgan krizisga qarshi kurash fondi tashkil qilingan. Undan tashqari xususiy sektor aylanma mablagʻlarini taʼminlash uchun 30 trln. soʻm kredit liniyasini ochish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, barcha soliq toʻlovchilar va kredit foizlarinp toʻlash 3-6 oygacha "taʼtil" berilgan. Xoʻjalik subʼyektlari uchun tashqi savdo debitorlik qarzlari, soliq qarzlari boʻyicha jarimalar bekor qilingan, tadbirkorlarni tekshirish taʼqiqlangan. 

Karantinga joylashtirilgan fuqarolar ish joylarini va oʻrtacha maoshlarini saqlab qolish kafolati berilgan. Shuningdek, karantinga olinganbolalar ota-onalarini ishdan boʻshatishga taʼqiq qoʻyilgan. 

Homilador ayollar, yoshi katta hamda surunkali kasalikka chalingan fuqarolar uchun masofadan turib ishlashga sharoit yaratish choralari belgilangan. 

Koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar, epidemiologlar va boshqa tibbiy mutaxassislar kunlik maoshiga 6 % miqdorida qoʻshima toʻlov kiritish belgilangan. Ushbu va boshqa chorlar haqida infografikamizda batafsil tanishing. 

Yana infografika

  • Avtotransport vositalari uchun maxsus ruxsatnoma (stiker)lar
    Oxirgi yangilanish: 15:51 03.04.2020
    15:51 03.04.2020

    Maxsus ruxsatnoma

    Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.

    441
  • Oxirgi yangilanish: 14:37 31.03.2020
    14:37 31.03.2020

    Goʻsht, un va baliq: oziq-ovqat mahsulotlar zaxirasi

    Karantin vaqtida Oʻzbekiston zarur tovar va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlangan. Shuningdek, savdo sotish ishlari cheklanmagan.

    505
  • Oxirgi yangilanish: 13:57 26.03.2020
    13:57 26.03.2020

    Karantindan qochganlar

    15 martdan shu kunga qadar karantinda boʻlish qoidalarini buzgan 90 nafar fuqaro aniqlanib, 87 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Yana 3 nafariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    362
  • Oxirgi yangilanish: 18:06 23.03.2020
    18:06 23.03.2020

    Toshkent jamoat transportini 2020 yilda qanday oʻzgarishlar kutmoqda?

    Ushbu yil davomida Toshkentda BRT - tajriba loyiha asosida 20 ta zamonaviy metrobuslar sotib olinadi. Undan tashqari 152 ta avtobus yoʻnalishlari qayta koʻrib chiqiladi.

    532

Asosiy mavzular