04:48 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
© Sputnik

Oʻzbekistonda 2021 yildan boshlab ID-kartalar joriy etish boshlanadi. Ushbu kartalarning qanday qulayligi bor, uni olish uchun nima qilish kerak va boshqa savollarga infografikamizdan javob toping.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda 2021 yildan boshlab ID-kartalar tizimi joriy etiSH haqida farmon imzoladi. Unga koʻra yaqin kelajakda mamlakat ichida shaxsni aniqlash uchun biometrik pasport oʻrniga ID kartalardan foydalanish boshlanadi. 

ID-karta ichida shahsiy biografik maʼlumotlar saqlanadigan elektron chip, elektron imzo sertifikatlari bilan jihozlangan boʻlib, banklar va davlat muassasalarida xizmatlar olishni soddalashtiradi. 

ID-kartalar nafaqat Oʻzbekiston fuqarolariga, balkim Respublikada doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham beriladi. 

2021 yildan boshlab bosqichma bosqich ID-kartalar tizimga oʻtish boshlanadi. 2031 yilga kelib biometrik pasportlar amal qilishi toʻxtatiladi. 

ID-karta olish uchun davlat xizmatlari markaziga yoki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga murojaat qilish va 198,4 ming soʻm davlat bojini toʻlash kerak boʻladi.

ID-karta – faqat Oʻzbekiston hududida amal qiladi, xorijga chiqish uchun – biometrik pasport kerak boʻladi.

Yana infografika

  • Oxirgi yangilanish: 12:18 28.10.2020
    12:18 28.10.2020

    Oʻzbekistonda bu yil qancha ipoteka olindi

    Eng koʻp ipoteka kreditlari Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida berilgan.

    50
  • Oxirgi yangilanish: 14:18 26.10.2020
    14:18 26.10.2020

    Koronavirusga qayerda test topshirish mumkin?

    Oʻzbekistonda Koronavirus infektsiyasiga polimer zanjirli reaktsiya (PZR) usulida test topshirish uchun quyidagi tashkilotlariga murojaat qilish mumkin.

    207
  • Oxirgi yangilanish: 18:06 23.10.2020
    18:06 23.10.2020

    "Total diktant" aktsiyasi qanday oʻtdi

    Diktant matni Andrey Gersimovning “Per aspera” hikoyasi asosida tuzilgan boʻlib koinotshunos olim Tsiolkovskiyga bagʻishlangan. 

    106
  • Oxirgi yangilanish: 13:27 22.10.2020
    13:27 22.10.2020

    Rus tilida qancha oʻzbekcha soʻz bor?

    Insoniyat tarixida har bir til oʻzga xalqlar tilidan olingan soʻzlar hisobidan boyib, rivojlanib kelgan. Rus tili ham bundan istisno emas.

    1128

Asosiy mavzular