O‘zbekistonda bu yil qancha ipoteka olindi

Obuna bo‘lish
Eng ko‘p ipoteka kreditlari Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida berilgan.

O‘zbekistonda Ipoteka bozori yil sayin o‘sib bormoqda. Markaziy Bank xabariga ko‘ra O‘zbekistonda yil boshdan buyon jami 6,4 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari olingan. Kredit olish uchun jami 50627 kishi murojaat qilgan. 

Eng ko‘p ipoteka kreditlari Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida berilgan. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ipoteka oluvchilar soni nisbatan kam bo‘lgan. 

Ipoteka qarzlarining aksariyati "Qishloq qurilish invest" hamda "O‘zshahar qurilish invest" kompaniyalari tomonidan qurilgan uylarni sotib olish uchun sarflangan. 

Batafsil infografikamizda tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0