13:37 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
© Sputnik

Qarzdorlikni oldini olish maqsadidida Respublika boʻyicha 2021 yilning 1 iyuliga qadar 7,4 mln dona “aqlli” hisoblagichlar oʻrnatilishi kerak.

Hududiy energiya tarmoqlari elektr energiyasidan kimning qarzi eng koʻp ekanini aytishdi. Maʼlum boʻlishicha, elektrdan qarzlar jami miqdori  3,5 trln. soʻmni tashkil qiladi. Undan 2,4 trln soʻm - aholi qarzi. 

Viloyatlar kesimida eng qarzi koʻp viloyatlar - Samarqand viloyati (646 mlrd), Navoiy viloyati (410 mlrd) va Andijon viloyati (273 mlrd.) 

Aholi orasida qarzi 10 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan kishilar - 5200ga yaqin, 3-5 mln. soʻm boʻlganlar - 14,8 ming va qarzi 1-3 mln soʻm boʻlgan - 157 mingdar ortiq kishini tashkil qilgan. 

Kelajakda ushbu vaziyatni oldini olish maqsadidida Hududiy energiya tarmoqlari kelajakda ommaviy tartibda "Aqlli" hisoblagichlarga oʻtishni joriy etishni taklif qildi. Respublika boʻyicha 2021 yilning 1 iyuliga qadar 7,4 mln dona “aqlli” hisoblagichlar oʻrnatilishi kerak.

Yana infografika

Asosiy mavzular